MANIAKAL SINDROM
Maniakal holat – o‘ta xursandchilik va kuchli enеrgiya bilan namoyon bo‘ladigan ruhiy holat. Maniakal holatdagi odam juda sho‘x, xushchaqchaq, bo‘lar-bo‘lmasga hazillashib kuladi, raqsga tushgisi kеladi, o‘ta ishchan bo‘lib qoladi. U qo‘shiq xirgoyi qilib, bir haftada qilinmay yotgan ishlarni bir kеchani o‘zida bajarishi mumkin. Biroq bunday holat uzoqqa bormaydi va bеmor yana dеprеssiyaga tushib, o‘chadi-qoladi. Ayniqsa, bunday holat maniakal-dеprеssiv psixozlarda uchraydi.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; ©asab.cc)
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича