Mahalliy dermografizm
Tashqi ta'sirotlarga javoban teri rangi o'zgarishiga dermografizm deyiladi. Mahalliy dermografizm terini o'tmas narsa bilan chizib chaqiriladi. Bir necha soniyadan so'ng chizilgan joyda oqimtir yoki qizil dog' paydo bo'ladi (12.5 (a)-rasm). Simpatik tonus ustuvorlik qiluvchilarda chizilgan joy oqarib, vagotoniklarda esa qizarib qoladi. Bu sinamani bilak, ko'krak sohasi yoki ikkala kurak orasida tekshirish mumkin. VNS ning kuchli disfunksiyasida chizilgan joy qizarib bo'rtib qoladi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича