Ibodullayev ensiklopediyasiga marhamat!
Biz, ustozimiz Ibodullayev Zarifboy Rajabovichning bir qator darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari asosida nevrologiya, neyropsixologiya va tibbiyot psixologiyasi ilmlarini o‘rgandik. Ustozning qayta-qayta nashrdan chiqqan bir necha asarlari talabalar va vrachlarning sevimli kitoblariga aylangan. “Tibbiyot psixologiyasi” darsligi 3 marotaba, “Asab kasalliklari” darsligi 2 marotaba, “Asab va ruhiyat” kitobi 4 marotaba nashrdan chiqqan. Ustozning “Umumiy nevrologiya” darsligi 2021 yilda nashr yuzini ko'rdi. 2022 yilda "Asab va ruhiyat" kitobi Turkiyada tarjima qilinib "Sinir ve ruhiyat" nomi bilan chop qilindi. Zarifboy Ibodullayev O‘zbekistonda birinchi bor neyropsixologiyadan fan doktori bo‘lgan, “Tibbiyot psixologiyasi” faniga asos solgan va shu sohada birinchi darslikni yaratgan yetuk olim. Biz yoshlar ustoz yozgan barcha asarlarning elektron variantini to‘plab yirik manba yaratdik va unga “Ibodullayev ensiklopediyasi” deb nom berdik. Ushbu ishimiz tibbiyot va psixologiya sohasini tanlagan barcha yoshlar uchun beminnat xizmat qiladi degan umiddamiz.
Shogirdlari va farzandlari: Ibodullayev Azizjon, Amirjonova Dildora, Ibodullayev Abdulaziz, Amirjonov Baxrom,
Shogirdlari va farzandlari: Ibodullayev Azizjon, Amirjonova Dildora, Ibodullayev Abdulaziz, Amirjonov Baxrom,
Mavlonova Dilnoza.
Alfavit bo‘yicha mavzular ro‘yxati