ATAMALAR TAHLILI


Absans – ongning o‘ta qisqa vaqtga yo‘qolishi
Aggravatsiya – kasallik alomatlarini oshirib ko‘rsatish
Agrafiya – yozishning buzilishi
Agripniya – uyqusizlik
Akalkuliya – hisoblashning buzilishi
Aleksiya – o‘qishning buzilishi
Amavroz – ko‘rmay qolish
Amneziya – xotira yo‘qolishi
Analgeziya – og‘riq sezmaslik
Anesteziya – sezgi yo‘qolishi
Anoreksiya – ishtaha yo‘qolishi
Anosmiya – hid bilmaslik
Anterograd amneziya – kasallik boshlangandan so‘ng bo‘lgan voqealarni unutib qo‘yish
Apatiya – jismoniy va ruhiy faoliyatning pasayib ketishi
Apraksiya – maqsadga yo‘naltirilgan harakatlarni bajara olmaslik
Arefleksiya – reflekslar yo‘qolishi
Astaziya-abaziya – tik turolmaslik, yurolmaslik
Asteniya – ruhiy quvvatsizlik
Ataksiya – harakat koordinatsiyasi buzilishi, chayqalib ketish
Atoniya – mushaklar tonusi yo‘qolishi
Aura – xabar beruvchi
Autizm – o‘z dunyosiga g‘arq bo‘lish, birovlar bilan muloqotga kirishmaslik
Afaziya – nutq buzilishi
Afoniya – tovush chiqmay qolish
Affekt – hissiy portlash
Bulimiya – ishtaha ochilib ketishi
Vasvasa – haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan xayollarning paydo bo‘lishi
Gallyutsinatsiya – atrofda yo‘q bo‘lgan ob’ektlarni bordek his qilish
Gemianopsiya – ko‘ruv maydoni yarmining yo‘qolishi
Gemikraniya (migren) – boshning yarmida kuchli og‘riq
Gemiparez – tananing yarim qismida harakatning pasayishi
Gemiplegiya – tananing yarim qismida harakatning yo‘qolishi
Giperesteziya – sezuvchanlikning kuchayib ketishi
Giperkinez – tanada kuzatiladigan ixtiyorsiz harakatlar
Gipesteziya – sezgining pasayishi
Gipersomniya – ko‘p uxlash
Gipnoz – grekchadan uyqu, uxlatish degani
Gipotoniya – tonusning pasayishi
Gomoseksualizm – o‘z jinsidagi kishilar bilan jinsiy yaqinlikka intilish
Debillik – engil darajadagi aqli zaiflik
Degradatsiya – shaxs “parchalanishi”
Dezorientatsiya – o‘zi joylashgan joyni, vaqtni aniqlay olmaslik
Deliriya – es-hushning buzilib, go‘yoki uyquda yotgandek bo‘lib qolish, zamon va makonni bilmay qolish
Dementsiya – fikrlash qobiliyatining keskin pasayishi
Depressiya – tushkun kayfiyat, fikrlar karaxtligi va motivatsiya so‘nishi bilan namoyon bo‘ladigan holat 
Dipsomaniya – ichkilikka ruju qo‘yish
Idiotiya – yuqori darajadagi tug‘ma aqli zaiflik
Illyuziya – atrofda mavjud bo‘lgan narsalarni noto‘g‘ri idrok etish
Imbetsillik – o‘rtacha darajadagi tug‘ma aqli zaiflik
Imperativ – buyuruvchi, buyruq beruvchi
Impulsiv – to‘satdan, besabab
Katalepsiya – bir holatda qotib qolish
Katamnez – bemor shifoxonadan chiqarilgandan so‘ng uning kasalligi haqida olingan ma’lumotlar
Kauzalgiya – achishtiruvchi, kuydiruvchi kuchli og‘riq
Kleptomaniya – o‘zi uchun zarur bo‘lmagan narsalarni o‘marishga intilish
Klimaks – jinsiy bezlar faoliyatining so‘nish davri
Koma – ongning kuchli darajada buzilishi
Kommotsiya – miya chayqalishi
Konfabulyatsiya – xotira buzilishi natijasida yolg‘on so‘zlash
Letargiya – uzoq davom etadigan qattiq uyqu
Maniakal holat – bo‘lar-bo‘lmasga kuzatiladigan kayfichog‘lik
Melanxoliya – ruhan zaiflik, birovga qaramlik
Monoplegiya – bir qo‘l yoki oyoqda falajlik
Mutizm – gapirmaydigan, gung bo‘lib qolish
Narkolepsiya – to‘satdan boshlanadigan patologik uyqu
Giyohvandlik – giyohvand moddalarga ruju qo‘yish
Oligofreniya – tug‘ma aqli zaiflik
Perseveratsiya – biror harakat, so‘zlarni hadeb takrorlayverish
Psixasteniya – ruhiy faoliyatning susayib ketishi
Psixopatiya – shaxsning patologik ko‘rinishi
Psixoterapiya – ruhiy ta’sir etish yo‘li bilan davolash
Remissiya – kasallik belgilarining vaqtincha yo‘qolishi
Retrograd amneziya – kasallikdan oldin bo‘lib o‘tgan voqealarni eslay olmaslik
Sadizm – birovga azob berish hisobiga hirsni qondirish
Sensor afaziya – gapni, nutqni tushunmaslik
Simulyatsiya – o‘zini kasal qilib ko‘rsatish
Sindrom – simptomlar majmuasi
Somatik – tana, tanadagi
Stupor – harakat qila olmaslik, qotib qolish
Suggestiya – ishontirish, so‘z bilan ta’sir qilish
Suitsid – o‘z joniga qasd qilish
Surdomutizm – kar-soqovlik
Fobiya – miyaga o‘rnashib qolgan turg‘un qo‘rquv
Eyforiya – kayfichog‘lik, bo‘lar-bo‘lmasga ko‘tarinki kayfiyat
Emotsiya – hissiyot
Enurez – siydik tutolmaslik
Yatrogeniya – tibbiyot xodimining xatosi oqibatida bemorda turli kasallik alomatlarining paydo bo‘lishi.


Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.  
              © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y;
              ©asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив