Aterotrombotik insult


Aterotrombotik insult – yirik tomirlar aterosklerozi sababli rivojlangan trombotik ishemik insult. Bu insult kelib chiqishi kuchli trombotik stenoz va trombning bir qismi ajralib chiqishi sababli ro‘y bergan okklyuziya bilan bog‘liq. Ateromalar, asosan, arteriyaning ikkiga ajraladigan joyida rivojlanadi. Uyqu arteriyasi bifurkatsiyasini bunga misol qilib ko‘rsatish mumkin. Arteriya devoridagi ateromatoz chandiqlar kattalashib, yirik tromblarni yuzaga keltiradi va buning natijasida tomir stenozi rivojlanadi. Tromblardan kichik parchalar ajralib chiqib, emboliyalar hosil bo‘lishi va ular intratserebral arteriyalarni tiqib qo‘yishi ham ko‘p kuzatiladi. Bu holat arterio-arterial emboliya deb ataladi. Tromb sekin-asta kattalasha borib, arteriyani to‘la tiqib qo‘yadi va shu bois surunkali hamda o‘tkir gemodinamik buzilishlar yuzaga keladi. Shu bois, ekstrakranial tomirlarning stenotik zararlanishlari gemodinamik insult sabablari ichidan o‘rin olgan.

Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b. 
             © Z. Ibodullayev. Insult va koma. Qo`llanma. Toshkent, 2013., 193 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
              © asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив