ASTEREOGNOZIYa
Astereognoziya – ko‘zi yumuq holda qo‘lga qo‘yilgan narsalarni paypaslab nimaligini aytib bera olmaslik. Astereognoziya murakkab sezgi buzilishiga kiradi. Bunday bemorlarda yuzaki va chuqur sezgilar saqlangan bo‘ladi. Bemor qo‘lidagi narsaning shakl-shamoyili, issiq-sovuqligini aytib beradi, biroq uning nomini aytolmaydi. Pastki parietal pushta zararlanishining yana bir belgisi – bu barmoq agnoziyasi. Ushbu buzilishlar Gerstman sindromi tarkibiga kiradi. Barmoqlar agnoziyasi qarama-qarshi tomonda kuzatiladi va, asosan, o‘ng yarim sharning pastki parietal pushtasi zararlanishi uchun xos. Chap yarim sharning pastki parietal pushtasi zararlanganda harflar va raqamlar agnoziyasi kuzatiladi. Bemor o‘z tanasiga chizilgan harflar va raqamlarni tanimaydi (tabiiyki, o‘ng tomoniga). Bu holatni taktil aleksiya deb ham atashadi. 40-maydon zararlanganda afferent motor afaziya va kinestetik apraksiya ham kuzatiladi. TRO sohasi (37-, 39-40-maydonlar) zararlanganda semantik va amnestik afaziya rivojlanadi.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.
©Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiyasi. Darslik., T.; 2021., 312b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y;
©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha