Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Orqa miya segmenti (spinal segment)

Orqa miya segmenti (spinal segment)


Orqa miya seg­mentar tuzilishga ega. O'zida bir juft orqa va bir juft oldingi ildizchani saqlagan orqa

                                      Oq modda                  Oldingi ustun
4.3-rasm. Orqa miya segmenti
 
miyaning ko'ndalang kesimiga segment deb aytiladi (4.3-rasm). Orqa miya 5 qismga ajratiladi: bo'yin, pars cervicalis (C1-C8), ko'krak, pars thoracica (Th1-Th12), bel, pars lumbalis (L1-L5), dumg'aza, pars sacralis (S1-S5), dum, pars coccygea (Co1-Co2). Shunday qilib, orqa miya 31-32 ta segmentdan iborat. Orqa miya segmentlari arabcha, umurtqa pog'onasi segmentlari rim raqamlari bilan yoziladi.
Tana qismlarini innervatsiya qilish bo'yicha orqa miyaning quyidagi 5 qismi farq qilinadi:
  1. C1-C– bo'yin-ensa sohasi va diafragmani innervatsiya qiladi;
  2. C5 -8, – Th1 – yelka sohasi va qo'llarni innervatsiya qiladi;
  3. Тh1-Тh12 – tanani innervatsiya qiladi;
  4. Th12, L1-L5, S1 – tos va oyoqlarni innervatsiya qiladi;
  5. S1-S5 – anogenital sohani innervatsiya qiladi.
 
Manba:
 © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b. 
  © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
  © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc
 
 
 
 

 

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив