Orolcha (insula)


Orolcha tashqi tomondan ko'rinmaydi. Chunki u Silviy egati tubida joylashgan. Uni ko'rish uchun ush­bu egatni ochish kerak. Ana shunda gulkaramga o'xshash orol­cha ko'rinadi (10.3-rasm). Tepadan orolchani operkulyar pushta (operculum) tomga o'xshab yopib turadi. Orolchaning markaziy egatchasi (sulcus centralis insulae) uni oldingi (lobulus insulae anterior) va orqa orolcha bo'laklariga (lobulus insulae posterior) ajratadi. Orolcha­ning oldingi qismi peshona bo'lagi tarkibiga, orqa qismi – chakka bo'lagi tarkibiga qiradi. Orolchani o'rab turgan aylanasimon egatcha (sulcus circularis insulae) uni boshqa bolaklardan chegaralab turadi. Orolchada doimiy bo'lmagan kalta va uzun pushtachalar (gyri insulae breves et longus) ham mavjud. Ba'zi mutaxassislar orolchani katta miyaning beshinchi bo'lagi deb atashadi.
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив