Oral avtomatizmi reflekslari
Peshona bo'lagining motor yadrolari va ulardan boshlanuvchi kortikonuklear yo'llar ikki tomonlama zararlanishida paydo bo'ladi. Unga Marinesku-Rodovich, xartum va nazo-labial reflekslar kiradi.
Marinesku-Rodovichning kaft-iyak refleksi. Kaftning tenar sohasiga to'g'nog'ich bilan chizib-chizib chaqiriladi. Bu paytda iyak muskullari o'sha tomonda va kam holatlarda, qarama-qarshi tomonda qisqaradi.
Xartum refleksi. Nevrologik bolg'acha bilan ustki labga sekin uriladi. Bunga javoban lablar cho'chchayadi. Ba'zida bolg'achani bemorning lablariga yaqinlashtirishning o'zi kifoya. Bir yoshgacha bo'lgan bolalarda ushbu refleks fiziologik hisoblanadi. V.M. Bexterev tomonidan yozilgan.
Nazo-labial refleks. Nevrologik bolg'acha bilan qansharga urilganda lablar cho'chchayadi. Bir yoshgacha bo'lgan bolalarda bu refleks fiziologik hisoblanadi. M.I. Astvasaturov tomonidan yozilgan.
Manba: © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b.
© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha