Qorachiqning reflektor yoyi
Qorachiqning yorug'likka reaksiyasi n.opticus tizimi bilan bog'liq (6.8-rasm). Chunki ko'ruv nervi va ko'ruv trakti tarkibida qorachiq reflektor yoyining afferent qismi o'tadi. Ko'rish funksiyasiga bu yo'llarning aloqasi yo'q. Bu yo'llar faqat qorachiqlar torayishi uchun mas'ul.
6.8-rasm. Qorachiqning yorug'likka reflektor yoyi: 1 - retina; 2-11 nerv; 3 - chiasma opticum; 4 - interneyron; 5 - Eding-er-Vestfalyadrosi; 6-III nerv; 7- gangl. ciliare; 8 - m.shpincterpupillae; 9 - miya oyog'i.
1. Reflektor yoyning afferent qismi. Reflektor yoyining se-zuvchi qismi retinadagi tayoqcha va kolbachalaridan boshlanadi. Uning avtonom funksiyaga ega markazga intiluvchi tolalari n. opticus tarkibida xiazmadan qisman kesishib o'tadi. Bunda faqat ichki tolalar kesishadi. Tractus opticus tarkibidagi ushbu tolalar colliculis superiorda tugaydi. Bu yerda oraliq neyron yotadi. Uning aksonlari qorachiqdan kelgan impulslarni shu yerda joylashgan Edinger-Vestfal yadrosiga o'tkazadi. Oraliq neyron aksonlari ham o'zi tomondagi, ham qarama-qarshi tomondagi Edinger-Vestfal yadrosiga boradi. Shu bois ham bir tomondagi qorachiqqa tushgan yorug'likka ikkinchi tomondagi qorachiq ham qisqarib javob beradi.
2. Reflektor yoyning efferent qismi. Reflektor yoyning harakat qismi Edinger-Vestfal yadrosidan boshlanadi (1-neyron). Ushbu yadro n. oculomotorius ning juft parasimpatik yadrosi hisoblanadi. Undan boshlangan efferent tolalar III nerv tarkibida siliar tugunga (ganlion ciliare) borib tugaydi. Ganlion ciliare da 2-neyron yotadi va uning tolalari qorachiqni toraytiruvchi muskulga (m.shpincter pupillae) boradi. Shunday qilib, qorachiqning yorug'likka reaksiyasi bilan bog'liq reflektor yoyning afferent qismi II nerv, efferent qismi esa III nerv tarkibida o'tadi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b.
© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha