Romberg sinamasi


Bemorni tik turg'izib tekshiriladi. Ushbu sinamani tekshirayotganda oyoq panjalari bir-biriga tegib turishi, ikkala qo'l oldinga uzatilishi va bosh tik ushlab turilishi kerak (7.3 (a,b-rasm).Romberg sinamasi
 manfiy, ya'ni ataksiya bor

 
Agar chayqalib ketish kuzatilsa, Romberg sinamasi musbat, chayqalmay to'g'ri tursa – manfiy deb yoziladi. Ushbu sinama dastlab ko'zlar ochiq holatda, so'ngra yumuq holatda tekshiri­ladi. Sensitiv ataksiyadan farqli o'laroq, miyacha ataksiyasida ko'zlarni yumush ataksiyani kuchaytirmaydi, ya'ni ko'z ochiq holatda bo'lsa ham, yumuq holatda bo'lsa ham bemor chayqalaveradi (7.3 (b)-rasm)Manba:  

  © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив