Retseptorlar
- Eksteroretseptorlar - tashqi muhitdan keluvchi ta'sirotlarni qabul qiluvchi retseptorlar. Ularga og'riq, harorat va taktil sezgilarni qabul qiluvchi retseptorlar kiradi. Bunday retseptorlar yuzaki sezgi retseptorlari ham deyiladi.
- Proprioretseptorlar – muskul, pay va bo'g'imlarda joylashgan retseptorlar. Muskul va paylar cho'zilganda bo'lgan signallarni qabul qiladi. Bunday retseptorlar chuqur sezgi retseptorlari ham deyiladi.
- Interoretseptorlar – ichki a'zolarda joylashgan retseptorlar bo'lib, ular turli-tuman signallarni qabul qiladi. Masalan, baroretseptorlar ichki a'zo va to'qimalarda hosil bo'lgan bosim, xemoretseptorlar hid, ta'm va organizmdagi boshqa kimyoviy o'zgarishlar (CO2, pH) haqida signallar qabul qiladi va h.k. Retseptorlarning turlicha tasniflari mavjud. Masalan, distant retseptor (ko'ruv, eshituv va hidlarga ta'sirlanuvchi), termoretseptor (harorat o'zgarishlarida ta'sirlanuvchi], xemoretseptor (kimyoviy o'zgarishlarda ta'sirlanuvchi), mexanoretseptor (mexanik bosim paytida ta'sirlanuvchi), fotoretseptor (yorug'likka ta'sirlanuvchi) va h.k
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha