Skandirlashgan nutq
Miyacha nutq funksiyasini ta'minlab beruvchi muskullar koordinatsiyasi uchun javob beradi. Shu bois ham biz unli va undosh tovushlarni joy-joyiga qo'yib ravon so'zlaymiz. Miyacha zararlanganda nutq ravonligi va silliqligi yo'qolib talaffuz buziladi. Ushbu holat skandirlashgan nutq deb aytiladi. Skandirlashgan nutqni tasavvur qilish uchun mast odam nutqini ko'z oldingizga keltiring yoki og'zingizga yong'oq solib so'zlashga harakat qiling.
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha