Sinkineziyalar


Markaziy falajlikda kuzatiladigan turli xil ortiqcha yondosh harakatlarga sinkineziya deb aytiladi. Bemor sog'lom qo'li bilan vrachning qo'lini siqmoqchi bo'lsa, uning falajlangan qo'lida ham shunday harakat paydo bo'ladi. Bemordan sog'lom oyog'ini bukib-yozish so'ralsa, uning falajlangan oyog'ida ham xuddi shunday harakatlar yuzaga keladi. Kuchli falajliklar bilan namoyon bo'ladigan insultning tiklanish davrida sinkineziyalar ko'p uchraydi.
 
Manba:    © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc
 

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив