Sezgi buzilishlari


 Sezish pasayishiga gipesteziya, yo'qolishiga anesteziya, kuchayishiga giperesteziya deb aytiladi. Og'riq sezmaslikka analgeziya deyiladi. Harorat sezgisi yo'qolishiga termoanesteziya, pasayishiga termogipesteziya deyiladi. Turli ta'sirotlarni noadekvat qabul qilishga dizesteziya deyiladi. Masalan, bemor issiqni sovuqdek, sovuqni issiqdek qabul qiladi.
Stereognoz sezgisi yo'qolishiga astereognoziya deyiladi. Teri ustida chumoli o'rmalagandek, nina sanchgandek kabi sezgilar paydo bo'lishiga paresteziya deb aytiladi.
Sezgi tolalari zararlanishi uchun og'riqlar ham juda xos. Oddiy sanchilgan nina kuchli og'riqlarni yuzaga keltirsa va og'riq sohasi kengaya borib uzoqroq saqlansa, bu holatga giperpatiya deyiladi. Giperpatiya talamus zararlansa va periferik nervlar jarohatida ko'p aniqlanadi. Kuydurguvchi xususiyatga ega o'ta kuchli og'riqlarga kauzalgiya deyiladi. Amputatsiya qilingan oyoq yoki qo'lda kuzatiladigan og'riqlarga fan torn og'riqlar deb aytiladi.
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc
 
 
 

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив