Tovon-tizza sinamasi
Sinaluvchi gorizontal holatda tepaga qarab yotadi. Undan tepaga ko'tarilgan bir oyog'ining tovoni bilan ikkinchi oyog'ining tizzasiga tushish so'raladi. So'ngra tovonni boldirning ustki yuzasi bo'ylab pastga ravon yurgizish talab qilinadi (7.7(a)-rasm).
7.7 (a) - rasm. Tovon-tizza sinamasini 7.7 (b) - rasm. Tovon-tizza sinamasini ataksiyasiz bajaryapti namasini ataksiya bilan bajaryapti
Ushbu sinama ikkinchi oyoqda ham shu tartibda tekshiriladi. Sog'lom odam bu sinamani ataksiyasiz bemalol bajaradi. Miyacha yarimshari zararlanganda tizzaga yaqinlashayotgan oyoq panjasi titrab ketadi, tovonni tizza ustiga to'g'ri tushira olmaydi, boldir ustida ravon yurgiza olmaydi, ya'ni oyoq panjasi yon tomonlarga tushib ketaveradi (7.7 (b) -rasm]. Agar shu holat kuzatilsa, "tovon-tizza sinamasi ataksiya bilan bajarildi" deb xulosa yoziladi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312b
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha