Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi “BEZOVTA OYoQLAR” SINDROMI HAQIDA

“BEZOVTA OYoQLAR” SINDROMI HAQIDA


Bu sindromga XIX asr boshidayoq frantsuz vrachlari e’tibor qaratishgan. “Bezovta oyoqlar” sindromi niqoblangan depressiyaning bir turi bo‘lib, oyoqda turli xil yoqimsiz sezgilar bilan namoyon bo‘ladi. Bemorning oyog‘iga xuddi birov nina bilan sanchgandek, tovoni tagi yonib turgandek, go‘yoki oyoqlarining ustiga qizib turgan qum sepib qo‘yilgandek tuyuladi, oyoqlari bir qizib, bir sovib ketadi. Bularning hammasi tunda boshlanadi, bemor uxlay olmaydi, xonama-xona yurib chiqadi. Tong otishi bilan esa bu belgilar o‘z-o‘zidan tarqab ketadi. Kunduzi bemor hech shikoyat qilmaydi. Unda nevrologik buzilishlar aniqlanmaydi. “Bezovta oyoqlar” sindromiga to‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun nevrologik tekshiruvlar o‘tkazish zarur. 

Davosi qanday? Ularni nevropatolog, neyropsixolog yoki tibbiy psixolog davolashi kerak. Buning uchun oyoqlardagi bu holatlarni bartaraf etadigan maxsus neyropsixologik ta’sirga ega dorilar qilinadi yoki bu dorilar ikkala oyoqqa fizioterapevtik yo‘llar bilan yuboriladi. Shuningdek, igna bilan davolash, asab va ruhiyatni chiniqtiruvchi muolajalar o‘tkazish juda samaralidir. Spirtli ichimliklar ichish va sigaret chekish mumkin emas. Ko‘p asabiylashaverish bu kasallikni kuchaytiradi. Narkotik ta’sirga ega, og‘riq qoldiruvchi va uxlatuvchi ta’sirga ega dorilarga ruju qo‘yish ham “Bezovta oyoqlar” sindromi rivojlanishiga olib kelishini esda tutish lozim. 



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив