Villiziy aylanasi
Bosh miyaning bazal qismida, ya'ni o'rta miya sohasida karotid va vertebrobazilyar sisterna arteriyalari o'zaro birlashib katta arteriyal aylana shakllanadi. O'ta muhim ahamiyatga ega bo'lgan ushbu kollateral tizimga Villiziy aylanasi deyiladi.
Villiziy aylanasi quyidagi arteriyalar qo'shilishidan yuzaga keladi. Ikkala a. cerebri anterior oldingi biriktiruvchi arteriya (a. communicans anterior) yordamida o'zaro birlashib, Villiziy aylanasining oldingi qismini hosil qiladi. Ichki uyqu arteriyasi (a. carotis interna) orqa biriktiruvchi arteriya (a. communicans posterior) yordamida a. cerebri posterior bilan birlashib, Villiziy aylanasining orqa qismini hosil qiladi. Shunday qilib rombsimon shakldagi aylana yuzaga keladi (14.5-rasm).
14.5-rasm. Villiziy ayl anasi
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha