Vestibulyar ataksiya
Ko'pincha, bir tomonlama bo'ladi va bemor yurganda, tik turganda zararlangan tomonga og'ib ketadi. Vestibulyar ataksiya gavdani bir holatdan ikkinchi holatga o'zgartirganda kuchayadi. Ko'zni yon tomonga burish ham ataksiyani qo'zg'ab yuboradi. Shuning uchun ham bemor boshi, ko'zi va gavdasini u yoki bu tomonga ehtiyotkorlik bilan sekin buradi
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha