Vegetativ simptomlar


Ko'p terlash (gipergidroz) yoki kam terlash (gipogidroz), so'lak ajralishi kuchayishi (gipersalivatsiya), og'iz qurishi (giposalivatsiya), ko'z qurishi (kseroftalmiya), nafas ritmi buzilishi (bradipnoe, taxipnoe), yurak ritmi buzilishlari (taxikardiya, bradikardiya, aritmiya), yurak sanchishi, sinkopal holatlar, yuz va tananing qizib ketishi, ko'ngil aynishi, jig'ildon qaynashi, ich buzilishlari (qabziyat, diareya, meteorizm), tez-tez siyish (pollakuriya), libido susayishi, hayz sikli buzilishi, semirish yoki ozib ketish, qon bosimning «o'ynab turishi», oyoq-qo'llar sovuq qotib muzlabyurishi, turli periferik shishlar paydo bo'lishi, uyqu buzilish­lari (ko'p uxlash yoki uxlay olmaslik), tana harorati ko'tarilishi (hech qanday infeksion omillarsiz), qo'llarda titroqlar, fobiya va xavotir kabi simptomlar vegetativ markazlar disfunksiyasi hisobiga rivojlanadi. Ushbu simptomlarning qay tarzda namoyon bo'lishi simpatik yoki parasimpatik vegetativ mar­kazlar ustuvorligiga bog'liq.
 
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
              © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc
 
 

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив