Veber sinamasi
Kamerton kaftga urib tebrantiriladi va rasmda ko'rsatilganidek, boshning qoq o'rtasiga (vertex] qo'yiladi (6.37-rasm).6.37-rasm

Sog'lom odamda kamerton tovushi ikkala quloqqa ham bir xil tarqaladi. Qaysi tomonda tovushni o'tkazuvchi apparat zararlansa (tashqi eshituv yo'llari), o'sha tomonda kamerton tebranishi yaxshi eshitiladi (chunki tebranish suyak orqali tarqaladi). Agar bir tomonda tovushni qabul qiluvchi Korti apparati zararlansa [masalan, neyrosensor karlik), kamerton tebranishi sog'lom tomonda yaxshi eshitiladi
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Обуна бўлиш
Ва биринчи бўлиб билинг!
Ва биринчи бўлиб билинг!
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha