O‘rta miya


 Topografiyasi. O‘rta miya (mesencephalon) tarkibiga miya oyoqlari (pedunculi cerebri) va o‘rta miya tomi (tectum mesencephali) kiradi. O‘rta miya shartli ravishda quyidagi 3 qavatga bo‘linadi: 1) pastki qavat – miya oyoqlari (pedunculi cerebri); 2) o‘rta qavat – qopqoq (tegmentum mesencephali); 3) ustki qavat – tom (tectum mesencephali). Bu ma’lumotlar 5.4-rasmda keltirilgan.

 

5.4-rasm. Miya oyoqchasi ko‘ndalang kesimi.

 

O‘rta miya bo‘shlig‘ini Silviy suv yo‘li (aqueductus cerebri Sylvii) tashkil qiladi. U orqali III va IV qorinchalar bir-biri bilan bog‘lanadi. Undan likvor oqadi. O‘rta miyaning ham ventral va dorsal yuzalari farqlanadi.


O‘ng yarimshar zararlanishi simptomlari

O‘naqaylarda o‘ng yarimshar zararlanishi uchun xos bo‘lgan simptomlar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tamiz. Tana sxemasi tuzilishi buziladi (anozognoziya, autotopagnoziya, psevdopolimeliya), chap tomoni o‘ziniki emas, boshqa birovnikidek, yoniga yog‘och qo‘yilgandek yoki mushuk yotgandek tuyuladi.

O‘ng yarimshar zararlanishida nutq buzilishlari kuzatilmasa-da, nutq intonatsiyasi buziladi: nutq monoton, yoqimsiz va ifodasiz bo‘lib qoladi.  Chunki o‘ng yarimshar so‘z va iboralarni chiroyli qilib ifodalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqal tovushlarni anglash va tushunish ham buziladi.

Optik-fazoviy gnozis buziladi, ya’ni chap va o‘ng tomonlarni anglash va farqlash izdan chiqadi. Bu erda fazoning chap tomonini inkor qilish sindromi alohida o‘rin kasb etadi. Bunda shakli va hajmi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar chap tomon inkor qilinadi: daraxt yoki katta uyning chap tomonini ko‘rmaydi, likopchadagi bo‘tqaning chap tomonini emaydi, yuzining chap tomonida soqolini olmaydi, ko‘ylakning chap elkasini yoki chap oyog‘iga tapochkasini kiymaydi va xatto J harfining chap tomonini inkor qiladi va “Bu qanday harf deb so‘rasangiz, “K” harfi degan javob olasiz.

Chap va o‘ng tomonni farqlay olmaslik, o‘zining va boshqalar barmoqlarini tanimaslik, nomini noto‘g‘ri aytish (barmoq agnoziyasi), sanash va hisob-kitob amallarini bajara olmaslik (akalkuliya), o‘qish buzilishi (aleksiya) kabi simptomlar majmuasi burchak pushtaning lokal zararlanishi uchun juda xos. Ushbu simptomlar majmuasiga Gerstman sindromi deyiladi.

O‘ng yarimshar zararlanishida o‘ziga xos ruhiy buzilishlar ham kuzatiladi. Bemorda o‘z kasalligiga nisbatan tanqidiy fikr pasayadi, kasallik darajasini sust baholaydi, sog‘lig‘iga e’tiborsiz bo‘ladi, masalan, insult bo‘lgan bemorga “o‘rningizdan turish mumkin emas, desa “Xo‘p bo‘ladi” deydi-yu, vrach chiqib ketganidan keyin o‘rnidan turishga harakat qiladi”, chap tomoni falajlangan bo‘lsa-da, men hozir turib yurib keldim yoki kecha yuruvdim deydi, engil hazillar qiladi, eyforiyaga beriladi.


O‘rgimchak to‘risimon parda

O‘rgimchak to‘risimon parda (arachnoideaqattiq va yumshoq pardalar orasida joylashgan. Nomidan ko‘rinib turibdiki, uning tuzilishi o‘rgimchak to‘riga o‘xshaydi. Yupqa biriktiruvchi to‘qimadan iborat ushbu pardani araxnoidal parda deb ham atashadi (13.3-rasm).

13.3-rasm. Miya pardalari va emissar venalar

 

Araxnoidal parda usti bo‘ylab o‘tgan tserebral venalar qattiq parda ichiga qirib ketadi va sinuslar bilan qo‘shiladi. Biroq, araxnoidal pardaning o‘zida qon tomirlar yo‘q. Arachnoidea yumshoq pardaning  tomirlari orqali diffuz yo‘l bilan oziqlanadi.

 

 



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив