Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Vallenberg-Zaxarchenko sindromi

Vallenberg-Zaxarchenko sindromi


Vallenberg-Zaxarchenko sindromi – o'choq tomon­da yumshoq tanglay va ovoz pardasi falaji, yutish buzilishi (X nerv), yuzda anesteziya (V nerv), Klod Bernar - Gorner sindromi (ptoz, mioz, enoftalm), miyacha ataksiyasi, nistagm, qarama-qarshi tomonda yuzaki gemianesteziya [spinotalamik yo'llar zararlanishi). Ushbu sindrom a. cerebelli inferior posterior trombozida yuzaga keladi. Buning natijasida uzunchoq miya­ning orqa-lateral qismida ishemiya rivojlanadi.
 
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b. 
             © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc
 

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha