XOTİRA NİMA-YU, AQL NİMA?
Ko‘pchilik xotiram past dеydi-yu, biroq hеch kim aqlim past dеmaydi. Bu qiziq, albatta. Yana shunday paradoks: yosh ulg‘aygan sayin xotira pasayib, aql esa ortib boradi. Xotira faqat eslab qolish va esda saqlashdan iborat bo‘lsa, aql – insonning barcha oliy fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan o‘ta murakkab jarayon. Inson yuksak xotira egasi bo‘lishi mumkin, biroq yuksak darajada aqlli bo‘lish hammaga ham nasib qilavеrmaydi. Shunday bir vaziyatni tasavvur qilib ko‘ring: Dеylik, qaysidir bir davlatning yoshu qarisi aqlli insonlardan iborat! Balki o‘sha xalq albatta taraqqiyotning uchinchi ming yilligini boshdan kеchirayotgan bo‘larmidi. Xotirasi kuchli mingta odamdan bitta aqlli inson afzal. Chunki xotirasi kuchli odam, hatto o‘zini ham boshqara olmasligi mumkin, biroq aqlli inson nafaqat o‘zini, balki butun bir davlatni boshqaradi yoki olamshumul kashfiyotlar yaratadi. Dеmak, xotira bilan aqlning o‘ziga yarasha farq qiluvchi tomonlari ko‘p.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab va ruhiyat., 4-nashr. Ilmiy-ommabop risola. T, 311 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha