Yumshoq parda
Yumshoq parda (pia mater) qon tomirlarga juda boy. Shu bois uni tomirli parda deb ham atashadi. Yumshoq parda yupqa bo'lib, katta yarim sharlarga tegib joylashgan. U miyaning barcha egatlari va pushtalari relefini takrorlaydi. Yumshoq pardadan pastda bo'shliq yo'q. Yumshoq parda kapillyarlari po'stloq ichiga ham kirib uni qon bilan ta'minlashda ishtirok etadi. Yumshoq parda nerv tolalariga ham boy. Ba'zi joylarda miyaning ichiga kirib borgan pia mater qorinchalarga o'tib, ularning qon tomirlardan iborat chigallarini (plexus choroideus) hosil qiladi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha