Orqa miya ustunlari
Orqa miyaning 3 ta ustuni farq qilinadi. Bular – oldingi, orqa va yon ustunlar. Oldingi ustun (funiculus anterior) ikkala oldingi shox orasi-da joylashgan bo'lib, chap va o'ng tomondagi oldingi ustunlarni bir-biridan fissura mediana anterior ajratib turadi. Oldingi ustundan quyidagi yo'llar o'tadi: 1) oldingi (kesishmagan) piramidal yo'l (tr. pyramidalis anterior); 2) vestibulospinal yo'l (tr. vestibulospinalis); 3) tektospinal yo'l (tr. tectospinalis); 4) oldingi spinotalamik yo'l (tr. spinothalamicus anterior) (4.4-rasm).
Orqa ustun (funiculus posterior) ikkala orqa shox orasida joylashgan bo'lib, chap va o'ng tomondagi orqa ustunlarni bir-biridan sulcus medianus posterior ajratib turadi. Orqa ustundan Gollning nozik tutami (fasciculus gracilis Golli) va Burdaxning ponasimon tutami (fasciculus cuneatus Burdach) o'tadi. Bular – chuqur sezgi yo'llari. Shuningdek, bu ustundan taktil sezgi uchun mas'ul tolalar ham o'tadi.
Yon ustun (funiculus lateralis) oldingi va orqa shoxlar orasida joylashgan bo'lib, quyidagi yo'llardan iborat: 1) lateral (kesishgan) piramidal yo'l [tr. pyramidalis lateralis); 2) rubrospinal yo'l (tr. rubrospinalis); 3) retikulospinal yo'l (tr. reticulospinal); 4) yon spinotalamik yo'l (tr. spinothalamicus lateralis); 5) Govers tutami yoki oldingi spinoserebellyar yo'l (tr. spinocerebellaris anterior Gowers); 6) Fleksig tutami, orqa spinoserebellyar yo'l (tr. spinocerebellaris posterior Flechsig); 7) spinotektal yo'l (tr. spinotectal).
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha