O'rta miya
O'rta miya (mesencephalon) tarkibiga miya oyoqlari (pedunculi cerebri) va o'rta miya tomi (tectum mesencephali) kiradi. O'rta miya shartli ravishda quyidagi 3 qavatga bo'linadi: 1) pastki qavat – miya oyoqlari (pedunculi cerebri); 2) o'rta qavat – qopqoq (tegmentum mesencephali); 3) ustki qavat – tom (tectum mesencephali). Ushbu ma'lumotlar 5.6-rasmda keltirilgan. O'rta miya bo'shlig'ini Silviy suv yo'li (aqueductus cerebri Sylvii) tashkil qiladi. U orqali III va IV qorinchalar bir-biri bilan bog'lanadi. Undan likvor oqadi. O'rta miyaning ham ventral va dorsal yuzalari farqlanadi.
5.6-rasm. Miya oyog'ining ko'ndalang kesimi
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312b
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha