RENKIN SHKALASI
Renkin shkalasi ham xuddi Bartel shkalasi kabi insult o'tkazgan bemorlarda funksional tiklanish holatini baholash uchun qo'llaniladi. Ballar gradatsiyasi 0 dan 6 ballgacha belgilangan. Bemorning ahvoli yomonlasha borsa, ballar yig'indisi ham osha boradi. Bu shkalani kasallikning o'tkir davrida ham, tiklanish davrida ham qo'llash mumkin. Uni bir necha bor o'tkazish insult dinamikasini to'g'ri baholashga yordam beradi.
RENKIN SHKALASI
№ | FAOLIYAT | FAOLIYAT TAVSIFI | BALL |
1 | Simptomlar yo'q | 0 | |
2 | Simptomlar mavjud bo'lsa-da, kundalik faoliyati buzilmagan | Kundalik yumushlarni bemalol bajarishi mumkin. | 1 |
3 | Kundalik faoliyati yengil darajada buzilgan | Kundalik yumushlarni bajarishda birmuncha qiynaladi, biroq o'zga yordamga muhtoj emas | 2 |
4 | Kundalik faoliyati sezilarli darajada buzilgan | Kundalik yumushlarni bajarishda o'zga yordamga muhtoj, biroq o'zi yura oladi | 3 |
5 | Kundalik faoliyati og'ir darajada buzilgan | Kundalik yumushlarni bajara olmaydi, yura olmaydi. | 4 |
6 | Kundalik faoliyati kuchli darajada buzilgan | Bemor "to'shakka mixlanib" qolgan. Siydik va najas tuta olmaydi, doimiy parvarishga muhtoj | 5 |
7 | O’lim | 6 |
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha