Barmoq-burun sinamasi


Tik turgan yoki o‘tirgan holatda tekshiriladi. Buning uchun sinaluvchi ikkala qo‘lini oldinga cho‘zib turadi. Dastlab ko‘zlar ochiq holatda ko‘rsatkich barmog‘ini o‘zining burun uchiga tegizishi so‘raladi 
Bu sinama chap va o‘ng qo‘llar yordamida ketma-ket bajariladi. So‘ngra undan ko‘zlari yumuq holatda shu sinamani qayta bajarish so‘raladi. Miyacha zararlanishida ushbu sinama intentsiya bilan bajariladi, ya’ni burun uchiga yaqinlashayotgan barmoq titray boshlaydi. Bu holatga intentsion tremor deyiladi. Miyachaning qaysi yarimshari zararlansa, intentsion tremor o‘sha tomonda kuzatiladi.


Manba:   © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
                © Ibodullaev entsiklopediyasi  
                © asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив