Broun-Sekar sindromi


Orqa miyaning ko‘ndalang yarmi zararlanganda kuzatiladi. Bunda o‘choq tomonda markaziy falajlik rivojlanadi va chuqur sezgi o‘tkazuvchi tipda buziladi, qarama-qarshi tomonda esa og‘riq va harorat sezgisi o‘tkazuvchi tipda yo‘qoladi. O‘choq tomonda orqa shox va orqa ildizcha zararlanishi sababli segmentar tipda sezgi buziladi va radikulyar og‘riqlar paydo bo‘ladi.
Taktil sezgi saqlanib qoladi. Chunki uning impulslari ikki yo‘l orqali o‘tadi. Bular – Goll va Burdax tutami hamda lateral spinotalamik yo‘l. Shu bois taktil sezgi innervatsiyasi qarama-qarshi tomondagi orqa va yon ustunlar orqali taminlab turiladi. Broun-Sekar sindromi yon tomondan o‘suvchi ekstramedullyar o‘smada shakllanadi. Agar o‘sma oldingi shox va oldingi ildizchani ko‘proq ezib qo‘ysa, shu tomonda muskullar atrofiyasi ham kuzatiladi.

Manba: © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
               © Ibodullaev entsiklopediyasi  
               © asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив