Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi YoMON TUSh KO‘RISh YoMONMI?

YoMON TUSh KO‘RISh YoMONMI?


“Albatta yomon-da!” deb javob qaytarishingiz tabiiy. Tush tilsimotlari haqida to‘xtalib o‘tirmay, u bilan bog‘liq boshqa muammo haqida so‘z yuritmoqchi edim. Menga “Doktor, tushimda kimlarnidir har doim o‘ldirib yuraman, qo‘lim doimo qon, o‘tib ketganlar tushimga ko‘p kiradi, qo‘rqib uyg‘onaman, kun bo‘yi kayfiyatim bo‘lmay, o‘zimni qo‘yishga joy topa olmay yuraman” deb shikoyat qilishadi. 
       
Odatda, nevroz, depressiya va fobiya aniqlangan bemorlar bunday tushlarni ko‘p ko‘rishadi. Ushbu kasalliklardan bemor xalos etilsa, ularda yomon tush ko‘rishlar ham barham topadi. Buning ko‘p bora guvohi bo‘lganman. Chunki har doim bemorning umumiy ahvolidan tashqari, uning tush ko‘rishlarida qanday o‘zgarishlar ro‘y berayotgani bilan ham qiziqaman. Aksariyat bemorlar tuzalgan sayin yomon tushlar ko‘rishi kamayib borayotgani haqida xursand bo‘lib so‘zlashadi. Demak, yomon tushlar – nevroz va depressiyaning tushdagi belgilari desak, mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Uyqungiz osuda bo‘lsin, yaxshi tushlar ko‘rib uyg‘oning!

Manba: © Z. Ibodullayev. Asab va ruhiyat., 4-nashr. Ilmiy-ommabop risola. T, 311 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
                 © asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив