GARSEN SINDROMI
Bir necha kranial nervlarning bir tomonlama zararlanishiga Garsen sindromi deb aytiladi. Kranial nervlar faqat bir tomonda zararlangani uchun Garsen sindromi gemikranial polinevropatiya nomini ham olgan. Ikkinchi tomondagi kranial nervlar zararlanmaydi. Garsen sindromi deyarli doimo kalla suyagining asosidan o‘sgan o‘smalarda rivojlanadi. Bular xondroma yoki xondrosarkomalar bo‘lib, ular burun-halqum sohasi, ponasimon suyak yoki chakka suyagi piramidasidan o‘sadi. Garsen sindromida, albatta, ushbu suyaklar destruksiyasi ham kuzatiladi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha