Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Qorachiqning reflektor yoyi

Qorachiqning reflektor yoyi


Qorachiqning yorug‘likka reaktsiyasi n.opticus tizimi bilan bog‘liq. (6.8-rasm). Chunki ko‘ruv nervi va ko‘ruv trakti tarkibida qorachiq reflektor yoyining afferent qismi o‘tadi. Ko‘rish funktsiyasiga bu yo‘llarning aloqasi yo‘q. Bu yo‘llar faqat qorachiqlar torayishi uchun mas’ul. 
pastedGraphic.png
6.8-rasm. Qorachiqning yorug‘likka reflektor yoyi: 1 – retina; 2 – 11 nerv; 3 – chiasma opticum; 4 – interneyron; 5 – Edinger-Vestfal yadrosi; 6– III nerv; 7– gangl. ciliare; 8 – m.shpincter pupillae; 9 – miya oyog‘i.


  1. Reflektor yoyning afferent qismi. Reflektor yoyining sezuvchi qismi retinadagi tayoqcha va kolbachalaridan boshlanadi. Uning avtonom funktsiyaga ega markazga intiluvchi tolalari n. opticus tarkibida xiazmadan qisman kesishib o‘tadi. Bunda faqat ichki tolalar kesishadi. Tractus opticus tarkibidagi ushbu tolalar colliculis superior da tugaydi. Bu erda oraliq neyron yotadi. Uning aksonlari qorachiqdan kelgan impulslarni shu erda joylashgan Edinger-Vestfal yadrosiga o‘tkazadi. Oraliq neyron aksonlari ham o‘zi tomondagi, ham qarama-qarshi tomondagi Edinger-Vestfal yadrosiga boradi. Shu bois ham bir tomondagi qorachiqqa tushgan yorug‘likka ikkinchi tomondagi qorachiq ham qisqarib javob beradi.
  2. Reflektor yoyning efferent qismi. Reflektor yoyning harakat qismi Edinger-Vestfal yadrosidan boshlanadi (1-neyron). Ushbu yadro n. oculomotorius ning juft parasimpatik yadrosi hisoblanadi. Undan boshlangan efferent tolalar III nerv tarkibida tsiliar tugunga (ganlion ciliare) borib tugaydi. Ganlion ciliare da 2 neyron yotadi va uning tolalari qorachiqni toraytiruvchi muskulga (m.shpincter pupillae) boradi. Shunday qilib, qorachiqning yorug‘likka reaktsiyasi bilan bog‘liq reflektor yoyning afferent qismi II nerv, efferent qismi esa III nerv tarkibida o‘tadi.

Manba:  © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
               © Ibodullaev entsiklopediyasi   
               © asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив