QULOQ-ChAKKA NERVI NEVRALGIYaSI
Quloq-chakka nervi nevralgiyasi kam uchraydi. Sanchuvchi og‘riqlar quloq suprasining oldingi qismi, ya’ni chakka sohasida kuzatiladi. Nevralgiya quloq oldi bezi yallig‘lanish kasalliklaridan (parotit) bir necha kun yoki bir necha hafta o‘tgach rivojlanadi. Ba’zida nevralgiya hech bir «sababsiz» to‘satdan paydo bo‘ladi. Ovqat chaynaganda, issiq yoki achchiq ovqat yeganda quloq suprasining oldingi qismida achishtiruvchi og‘riqlar vujudga keladi, ushbu joyda qizarish va terlash kuzatiladi. Bu nevralgiyani ko‘pincha uch shoxli nervning 2- va 3-tarmoqlari nevralgiyasi bilan qiyoslashga to‘g‘ri keladi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha