O‘rta miya


O‘rta miya (mesencephalon) tarkibiga miya oyoqlari (pedunculi cerebri) va o‘rta miya tomi (tectum mesencephali) kiradi. O‘rta miya shartli ravishda quyidagi 3 qavatga bo‘linadi: 1) pastki qavat – miya oyoqlari (pedunculi cerebri); 2) o‘rta qavat – qopqoq (tegmentum mesencephali); 3) ustki qavat – tom (tectum mesencephali). Ushbu ma’lumotlar 5.6-rasmda keltirilgan. O‘rta miya bo‘shlig‘ini Silviy suv yo‘li (aqueductus cerebri Sylvii) tashkil qiladi. U orqali III va IV qorinchalar bir-biri bilan bog‘lanadi. Undan likvor oqadi. O‘rta miyaning ham ventral va dorsal yuzalari farqlanadi.
   5.6-rasm. Miya oyog‘ining ko‘ndalang kesimi

Manba:  © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
               © Ibodullaev entsiklopediyasi   
               © asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив