Klinostatik sinama
Sinaluvchi 5 daqiqa mobaynida tik holatda turadi. Bu paytda u vertikal holatga moslashib oladi va uning pulsi sanaladi. So‘ngra sinaluvchi gorizontal holatda yotqiziladi va 15 soniya mobaynida tomir urishi sanaladi. Sog‘lom odamda puls 8-12 urishga kamayadi. Odam vertikal holatdan gorizontal holatga o‘tganda VNS ning parasimpatik qismi faollashadi va puls kamayadi. Masalan, vertikal holatda turgan sinaluvchining pulsi 90 bo‘lsa, gorizontal holatga yotqizilsa, uning pulsi 78-80 ga tushadi. Bu sog‘lom odamda kuzatiladigan normal holat. Vegetativ labillikda puls 12-15 dan oshiq tushib ketadi.
Manba: © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
© Ibodullaev entsiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha