Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Ko‘zning parasimpatik innervatsiyasi

Ko‘zning parasimpatik innervatsiyasi


Edinger-Vestfal va Perlia yadrolaridan boshlangan tolalar fissura orbitalis superior orqali ko‘z kosasi ichiga kirib tsiliar tugunga (ganglion ciliare) boradi. Tsiliar tugundan boshlangan postganglionar tolalar ko‘z olmasi ichiga kirib quyidagi ikkita yumshoq muskulni innervatsiya qiladi: Edinger-Vestfal yadrosidan kelayotgan tolalar qorachiqni toraytiruvchi muskul (m.sphincter pupillae),  Perlia yadrosidan kelayotgan tolalar akkomodatsiya funktsiyasini ta’minlovchi kiprik muskuli (m.ciliaris). Ushbu sxema III nerv yozilgan joyda keltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, qorachiq reflektor yoyining afferent qismi II nerv tarkibida o‘tsa, efferent qismi III nerv tarkibida o‘tadi. Bunda Edinger-Vestfal yadrosi bilan bog‘liq yo‘llar qorachiq reflektor yoyining efferent qismi hisoblanadi. Efferent yo‘llar orqali o‘tuvchi motor impulslar m.sphincter pupillae tomon yo‘naladi.

Manba:  © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
               © Ibodullaev entsiklopediyasi  
               © asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив