Himoya refleksi
Tashqi ta’sirotga javoban to‘la falajlangan oyoq yoki qo‘llarda yuzaga keladigan ixtiyorsiz harakatlarga himoya refleksi deyiladi. Masalan, umurtqa pog‘onasining ko‘krak sohasi sinishi natijasida orqa miya kuchli ezildi yoki uzildi. Natijada markaziy piramidal innervatsiyasiz qolgan jarohatdan pastdagi spinal segmentlarda spinal avtomatizm shakllanadi.
Himoya refleksi jarohatdan pastdagi spinal reflektor yoy saqlanib qolishi hisobiga ro‘y beradi. Ushbu refleksni oyoq panjasi barmoqlarini pastga keskin bukib chaqirish ham mumkin. Natijada o‘sha oyoq tos-son va tizza bo‘g‘imida bukiladi. Bunga Mari-Fua-Bexterev refleksi deyiladi.
Manba: © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
© Ibodullaev entsiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha