Neonatal miasteniya


Neonatal miasteniya – endi tug‘ilgan chaqaloqlarda kuzatiluvchi va o‘tib ketuvchi (tranzitor) miastenik holat. Ushbu tranzitor holat miasteniya bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan bolalarning 10-15% ida uchraydi. Buning sababi miasteniya bilan kasallangan onadan atsetilxolin retseptorlariga qarshi antitanachalarning yo‘ldosh orqali bolaga o‘tishi bilan tushuntiriladi. Ammo nima uchun ushbu holat kasal onadan tug‘ilgan chaqaloqlarning barchasida ham kuzatilmasligi noaniq bo‘lib qolmoqda. Bunday bolalar, odatda, yig‘lamay tug‘iladi. Chaqaloqdagi miasteniya belgilari darajasi onasidagi kasallik belgilari darajasiga yoki kasallik davomiyligiga bog‘liq emas. Chaqaloq onasining ko‘kragini emayotganda tez charchab qoladi, sutni yuta olmay qalqib ketadi, qiynalib nafas oladi, barcha muskullarda gipotoniya kuzatiladi. Miasteniya belgilari bola tug‘ilgandan bir necha soat o‘tgach paydo bo‘ladi va 3-10 kungacha saqlanadi, so‘ngra yana o‘tib ketadi. Shu bois, neonatal miasteniyaning ikkinchi nomi – bu tranzitor miasteniya. Ba’zida kasallik belgilari 2 oygacha saqlanadi. Neonatal miasteniya bola ulg‘aygandan keyin miasteniyaning boshqa turlariga o‘tmaydi


Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b. 
             © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi  
             © asab.cc



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив