Fallopiy kanali nervlari
Fallopiy kanalida XIII nervdan ajralib chiqqan nervlar:
- N.petrosus superficialis major. Ushbu nerv yuqori so‘lak ajratuvchi yadrodan boshlanuvchi parasimpatik sekretor tolalardan iborat. Ularning bir qismi, ya’ni n.lacrimalis ko‘z yoshi bezi (glandula lacrimalis), qolgan qismi burun va og‘iz bo‘shliqlari bezlariga boradi. Katta toshsimon nerv va uning tolalari zararlansa, ko‘zyosh oqishi sustlashib kseroftalmiya rivojlanadi.
- N. stapedius. Ushbu nerv m.tensoris tympani antagonisti hisoblanmish uzangisimon muskulga (m.stapedius) boradi. Nerv zararlansa uzangisimon muskul bo‘shashib, tovushlarga ortiqcha qimirlaydi va giperakuziya yuzaga keladi.
- Chordae tympani. Ta’m sezish va sekretor qismlardan iborat. Ta’m sezish qismi tilning oldingi 2/3 qismini innervatsiya qiladi. Sekretor qismi jag‘osti va tilosti bezlariga boradi. Demak, so‘lak ajralishini stimulyatsiya qiluvchi tolalar nafaqat n.petrosus superficialis major, balki chordae tympani tarkibida ham mavjud.
Manba: © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
© Ibodullaev entsiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha