Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi OILAVIY PSIXOTERAPEVT. U KIM?

OILAVIY PSIXOTERAPEVT. U KIM?


Agarda psixoterapevt kabinetiga bir emas, ikkita eshik o‘rnatilsa va biriga “Oiladan aziyat chekkanlar kirsin”, ikkinchisiga “Ishxonasidan aziyat chekkanlar kirsin” deb yozib qo‘yilsa, nima deb o‘ylaysiz, qaysi eshikdan kiruvchilar ko‘p bo‘lardi? Albatta, birinchi eshikdan kiradiganlar juda ko‘p bo‘lardi. Chunki oilaviy nizolardan olinadigan psixologik zarba kuchli bo‘ladi. Shu bois ham “Oilaviy psixoterapevt” degan mutaxassislik bor. Ular faqat oilaviy nizolar bilan ishlashadi. Ularning ishi haqida qisqaqa ma’lumot berib o‘tamiz.
Oilaviy psixoterapiya birinchi navbatda oila a’zolari bilan psixologik muhitni yaxshilashga qaratilgan. Bunda mijozning har bir oila a’zosi bilan bo‘ladigan munosabatlarini o‘rganib, tahlil qilinadi. Oiladagi kelishmovchiliklar qanday paytlarda yuzaga keladi, nima uchun kelib chiqadi, qaysi vaziyatlarda u o‘zini qanday tutadi kabi savollarga oydinlik kiritiladi, javob izlanadi va bu vaziyatdan chiqish bo‘yicha mashqlar qilinadi. Bu maqsadda oila a’zolari bilan ham suhbatlar quriladi. Chunki psixologga murojaat qilib kelgan bemorlar deyarli har doim o‘zini vaziyat qurboni deb biladi. Aslida esa unday bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun uning haqida oila a’zolarining fikrini bilish ham o‘ta muhim. 
Oilaviy psixoterapevt mijozning yaqinlariga uning oldida o‘zlarini qanday tutish lozimligini tushuntiradi. Bu o‘ta muhim. Chunki ba’zan oilada shunday motamsaro muhit yaratiladiki, bu faqat nevroz yoki depressiyadan aziyat chekayotgan odamning ahvolini og‘irlashtiradi va suisidal urinishlarni kuchaytiradi, xolos.
Har qanday psixoterapevtik muolajada mijozga hadeb yonbosaverish ham, uning xulq-atvorini tanqid qilaverish ham mumkin emas. Undagi yomon fikrlar depressiya belgisi, bu belgilar vaqt kelib albatta o‘tib ketadi kabi so‘zlar bilan taskin beriladi. Suitsidal fikrlar va urinishlar aniqlangan holatda uni yolg‘iz qoldirmaslik kerak. Oila a’zolari tomonidan nazorat shunday bo‘lishi kerakki, mijozning o‘zi buni bilmasin. Chunki hadeb bemorni qo‘riqlayverish uning joniga tegadi. Bemorning ishonchini qozongan oila a’zolari bilan ko‘chaga chiqib aylanib kelish va sayr paytida, asosan, uni so‘zlatish va his-tuyg‘ulariga hamdard bo‘lish o‘ta muhim.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab va ruhiyat., 4-nashr. Ilmiy-ommabop risola. T, 311 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
                 © asab.cc



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив