OLIGOFRENIYa


Oligofreniya – tafakkurning tug‘ma zaifligi bo‘lib, og‘ir-engilligi bo‘yicha turli darajada ifodalanadi: debillik, imbetsillik, idiotiya. Oligofreniyaning engil darajada rivojlangan turi debillik deb ataladi. Ularda saboq olishga ayrim qobiliyatlar saqlanib qoladi, ular maxsus maktablarda ta’lim olishadi. Bu bolalarda nutq funktsiyasi saqlangan bo‘lib, ba’zi aqliy operatsiyalarni (masalan, hisob-kitob) bajara olishadi, mexanik xotirasi saqlangan bo‘ladi. Umumlashtirish va abstraktsiyalash sust rivojlangan bo‘ladi. Yaratuvchilik qobiliyati ham past bo‘lib, ular faqat kam aqliy faoliyat talab qiladigan ishlarnigina bajara olishadi.
Imbetsillik — tafakkurning o‘rta darajada buzilishi. Imbetsil bolalarning nutq funktsiyasi va xotirasi o‘ta sust bo‘lib, ular biror narsani o‘rganishda juda qiynalishadi. Ularga saboq berish juda qiyindir. Ularning harakatlari qo‘pol va beo‘xshov bo‘ladi. Bir necha so‘zni yozish va o‘ngacha sanashni eplay olishadi, xolos. Bunday bolalarda jismoniy zaiflik ham kuzatiladi.
Idiotiya — tafakkurning o‘ta og‘ir darajada buzilishi bo‘lib, aqliy faoliyatning chuqur buzilishlaridan tashqari, jismoniy nuqsonlar ham kuzatiladi. Nutq ham buzilgan bo‘ladi. Bemor o‘zini idora qila olmaydi va doimo birovning yordamiga muhtoj.


Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.  
           © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; 
              ©asab.cc)




Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив