Ot dumi zararlanishi
Ot dumi (cauda equina) umurtqa kanalining eng pastki qismi, ya’ni canalis sacralis ichida yotadi. Cauda equina bel kengligi va undan pastdagi barcha spinal segmentlarning orqa va oldingi ildizchalari yig‘indisidan hosil bo‘lgan. Ot dumi zararlanishida oyoqlarda periferik falajlik, radikulyar tipda barcha sezgilar buzilishi, anogenital soha va ikkala oyoqda o‘ta kuchli og‘riqlar, siydik va najas tutolmaslik kuzatiladi. Ushbu simptomlar birmuncha asimmetrik tarzda namoyon bo‘ladi.
Manba: © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
© Ibodullaev entsiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha