Orqa miya topografiyasi
Markaziy nerv sistemasining umurtqa kanali (canalis vertebralis) ichida joylashgan qismiga orqa miya deb aytiladi. Orqa miya uzunligi 41-45 sm bo‘lib, silindrik shaklga ega. Diametri – 1-1,5 sm. Orqa miyaning ustki chegarasi katta ensa teshigi (foramen occipitale magnum), ya’ni uzunchoq miyaning pastki qismida joylashgan piramidal kesishuv (decussatio pyramidum) sohasiga to‘g‘ri keladi. Bu joy C1 bo‘yin umurtqasining ustki qismi bo‘lib, undan birinchi bo‘yin segmenti C1 ildizchasi chiqadi. Orqa miyaning pastki chegarasi konus (conus medullaris) shaklida kichrayib boradi va L2 umurtqaga etmasdan tugaydi. So‘ngra terminal ip (filum terminale) boshlanadi.
Orqa miyada ikkita kenglik farqlanadi (4.2-rasm): bo‘yin kengligi (intumescentia cervicalis) va bel kengligi (intumescentia lumbalis). Bo‘yin kengligi C5-8, Th1 segmentlardan tashkil topgan bo‘lib, qo‘llarning segmentar innervatsiyasini ta’minlaydi. Bel kengligi Th12, L1-5, S1-2 segmentlardan iborat bo‘lib, oyoqlar segmentar innervatsiyasiga ma’sul.


© Ibodullaev entsiklopediyasi
© asab.cc
Обуна бўлиш
Ва биринчи бўлиб билинг!
Ва биринчи бўлиб билинг!
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha