Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Orqa miyaning afferent va efferent yo‘llari

Orqa miyaning afferent va efferent yo‘llari


A. Yuqoriga yo‘naluvchi (afferent yo‘llar) – sezgi impulslarini orqa miyadan bosh miyaga o‘tkazuvchi yo‘llar. Ularga quyidagilar kiradi:
  1. Oldingi spinotalamik yo‘l – talamusga taktil impulslarni o‘tkazadi.
  2. Orqa spinotserebellyar yo‘l (Fleksig tutami) – miyachaga propriotseptiv impulslarni o‘tkazadi.
  3. Oldingi spinotserebellyar yo‘l (Govers tutami) – miyachaga propriotseptiv impulslarni o‘tkazadi.
  4. Lateral spinotalamik yo‘l – talamusga og‘riq va harorat impulslarini o‘tkazadi.
  5. Gollning nozik tutami – tananing pastki qismi va oyoqlardan propriotseptiv impulslarni o‘tkazadi.
  6. Burdaxning ponasimon tutami – tananing ustki qismi va qo‘llardan propriotseptiv impulslarni o‘tkazadi.
B. Pastga yo‘naluvchi (efferent) yo‘llar – harakat impulslarini bosh miyadan orqa miyaga o‘tkazuvchi yo‘llar. Ularga quyidagilar kiradi:
  1. Oldingi (kesishmagan piramidal) kortikospinal yo‘l – bosh miya katta yarimsharlarining motor markazlaridan orqa miyaning oldingi shoxlariga harakat impulslarini o‘tkazadi.
  2. Lateral (kesishgan piramidal) kortikospinal yo‘l – bosh miya katta yarimsharlarining motor markazlaridan orqa miyaning oldingi shoxlariga harakat impulslarini o‘tkazadi.
  3. Retikulospinal yo‘l – bosh miyaning retikulyar formatsiyasidan orqa miyaning oldingi shoxlariga nerv impulslarini o‘tkazadi.
  4. Tektospinal yo‘l – o‘rta miyaning to‘rttepaligi, ya’ni birlamchi ko‘rish va birlamchi eshitish markazlaridan orqa miyaning oldingi shoxlariga nerv impulslarini o‘tkazadi.
  5. Vestibulospinal yo‘l – uzunchoq miyada joylashgan vestibulyar yadrolardan orqa miyaning oldingi shoxlariga nerv impulslarini o‘tkazadi.
  6. Rubrospinal yo‘l (Monakov yo‘li) –  qizil yadrodan orqa miyaning oldingi shoxlariga nerv impulslarini o‘tkazadi.


Manba:  © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
               © Ibodullaev entsiklopediyasi 
               © asab.cc



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha