Orqa miya segmenti (spinal segment)
Orqa miya segmentar tuzilishga ega. O‘zida bir juft orqa va bir juft oldingi ildizchani saqlagan orqa miyaning ko‘ndalang kesimiga segment deb aytiladi (4.3-rasm). Orqa miya 5 qismga ajratiladi: bo‘yin, pars cervicalis (C1-C8), ko‘krak, pars thoracica (Th1-Th12), bel, pars lumbalis (L1-L5), dumg‘aza, pars sacralis (S1-S5), dum, pars coccygea (Co1-Co2). Shunday qilib, orqa miya 31-32 ta segmentdan iborat. Orqa miya segmentlari arabcha, umurtqa pog‘onasi segmentlari rim raqamlari bilan yoziladi.
Tana qismlarini innervatsiya qilish bo‘yicha orqa miyaning quyidagi 5 qismi farq qilinadi:
- C1-C4 – bo‘yin-ensa sohasi va diafragmani innervatsiya qiladi;
- C5-8, – Th1 – elka sohasi va qo‘llarni innervatsiya qiladi;
- Th1-Th12 – tanani innervatsiya qiladi;
- Th12, L1-L5, S1 – tos va oyoqlarni innervatsiya qiladi;
- S1-S5 – anogenital sohani innervatsiya qiladi.
Manba: © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
© Ibodullaev entsiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha