Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi MIYaDAN KETMAYDIGAN FIKRLAR YoKI PSIXASTENIYa

MIYaDAN KETMAYDIGAN FIKRLAR YoKI PSIXASTENIYa


Nevrozning bu turi qadimdan ma’lum bo‘lib, bu kasallik psixasteniya deb ham atalgan. Psixasteniya atamasini frantsuz olimi Per Jane taklif qilgan va miyadan ketmaydigan fikrlar bu kasallikning asosiy belgisi ekanligini aytgan.
       Miyadan ketmaydigan fikrlar nevrozning bir turi hisoblanib, doimiy shubhalar, qo‘rquv, miyaga azob beruvchi tasavvur va g‘oyalar, turli harakatlar va intilishlar unga xos belgilardir. Bemor bu xayollarning barchasidan qutulishga harakat qiladi, davo choralarini izlaydi, lekin bu urinishlar ko‘pincha zoe ketadi, uni miyaga o‘rnashib qolgan fikrlar qiynayveradi.
Miyadan ketmaydigan fikrlarning doimiyligi, takrorlanuvchanligi va ulardan qutulishning o‘ta qiyinligi bemorni qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Bu holatlarga bemor tanqidiy nuqtai nazar bilan qaraydi, ularning asosli emasligini, g‘alati ekanligini tushunadi, ularga bardosh berishga intiladi, lekin fikrlar uning irodasi va xohishiga bog‘liq bo‘lmagan holda paydo bo‘laveradi. Bularning ichida fobiyalar alohida o‘rin kasb etadi.
Davosi qanday? Bunday bemorlarni psixiatrlar, tibbiy psixologlar va psixoterapevtlar maxsus dastur asosida davolashadi. Davolash muddati bir necha oylarga cho‘zilishi haqida bemor va uning yaqinlari ogohlantiriladi.


Manba: © Z. Ibodullayev. Asab va ruhiyat., 4-nashr. Ilmiy-ommabop risola. T, 311 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
                 © asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив