Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi MIELOPOLIRADIKULONEVRIT

MIELOPOLIRADIKULONEVRIT


Mielopoliradikulonevrit – orqa miya, uning ildizchalari va periferik nervlar zararlanishi. Orqa miyaning oq moddasida demielinizatsiya o‘choqlari paydo bo‘ladi. Spinal ildizchalar va periferik nervlarda demielinizatsiya o‘choqlari, lemmotsitlar proliferatsiyasi, tomir devorlarining limfotsitar infiltratsiyasi rivojlanadi.
        Kasallikning bu turi radikulyar og‘riqlar bilan o‘tkir boshlanadi. Nervlarni tortib tekshirish simptomlari musbat bo‘ladi. Markaziy va periferik tipdagi falajliklar, o‘tkazuvchi va segmentar tipdagi sezgi buzilishlari rivojlanadi. Tos a’zolari funktsiyasi markaziy tipda buziladi. Og‘ir hollarda trofik buzilishlar, Gorner sindromi (ptoz, mioz, enoftalm), diafragma falajligi sababli nafas olish buzilishlari paydo bo‘ladi. Chuqur sezgi buziladi va buning natijasida sensitiv ataksiya va afferent falajlik rivojlanadi. Likvorda pleotsitoz va oqsil miqdorining biroz oshishi kuzatiladi.


Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
              © asab.cc



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив