Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Psixogen dizritmiyalar

Psixogen dizritmiyalar


Yurak ritmining psixogen buzilishlari, odatda, taxikardiya, bradikardiya yoki aritmiyalar bilan namoyon bo‘ladi. Taxikardiya paytida yurak urishlari bir daqiqada 140 gacha etadi, bradikardiyada 50 gacha tushadi va, shuningdek, o‘tib ketuvchi aritmiyalar ham kuzatiladi. Simpatik tonusning oshishi taxikardiya, parasimpatik tonusning oshishi bradikardiya bilan namoyon bo‘ladi. Bemorning fikru zikri yurak urishini tinglashga qaratilgan bo‘ladi. U hatto nafas olmay yurak urishini tinglashga harakat qiladi. Yurak urishlari o‘zgargan paytlarda nafas etishmay bo‘g‘ilish hissi paydo bo‘ladi, sovuq ter bosadi, oyoqlar titrab jon qochadi. Bu simptomlarning barchasi psixoemotsional zo‘riqishlardan so‘ng paydo bo‘ladi yoki kuchayadi. Jismoniy harakatlar paytida organik etiologiyali aritmiyalar zo‘raysa, psixogen aritmiyalar go‘yoki unutiladi. Chunki bemorning fikri boshqa harakatlarga chalg‘iydi. 
Aritmiyalar uzoq davom etsa, ipoxondrik xulq-atvor shakllanadi. U ertayu kech o‘z kasalligi haqida o‘ylayveradi, tibbiy saytlarga kirib kasaliga davo izlaydi yoki kuchli doktor haqida eshitib qolsa, avvalgi doktor tavsiyalarini to‘xtatib, uning yoniga chopadi va h.k. Uzoq vaqt transportda yurish, aqliy zo‘riqish, issiq joyda qolib ketish, spirtli ichimlik ichish, to‘yib ovqatlanish ham taxikardiya, bradikardiya yoki aritmiyani yuzaga keltiradi. Biroq bemor nafasini rostlash uchun biroz dam olsa, masalan yarim soat, yurak urishi yana maromiga keladi.
 Ular yozning issiq kunlarini yomon o‘tkazishadi, doimo salqin joyni izlashadi, asosan kunning ikkinchi yarmida yurak urishi yanada kuchayadi va nafas etishmaydi. Psixogen taxikardiyada EKGda organik o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Odatda, bradikardiya kam uchraydi va AQB tushib ketishi, bosh aylanishi, ichak peristaltikasi kuchayishi bilan kechadi. Bemorga yurak sohasi «qotib qolgandek», urishdan «to‘xtagandek» tuyuladi, nafas etishmaydi, bo‘g‘ilib yordamga chaqira boshlaydi. Yurak ritmining psixogen tipdagi buzilishlari unga qarshi dorilar bilan davolanganda emas, balki sedativ dorilar yoki antidepressantlar berilganda kamayadi. Psixoterapevtik suhbatlar ham o‘ta samarali hisoblanadi. 



Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.  
             © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; 
             ©asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив