TUG‘MA FATAL MIOPATIYa
Homila paytida bolaning harakat faolligi o‘ta sust bo‘ladi. Bola tug‘ilgandan so‘ng “shalpaygan bola” sindromi belgilari vujudga keladi. Atrofiyalar, asosan, proksimal muskullarda kuzatiladi, umurtqa pog‘onasi va boshqa skeletlar deformatsiyaga uchraydi. Bola emishga qiynaladi, emayotganda labi va yuzlari ko‘karib ketadi, tez-tez “shamollaydigan” bo‘lib qoladi. Kasallik tez rivojlanadi va o‘lim bilan tugaydi
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha